“Yandeks.Taksi” servis xizmati O’zbekistonda ham o’z faoliyatini boshladi

Rossiyadagi taksi xizmati bo’yicha eng yirik agregatorlardan biri “Yandeks.Taksi” O’zbekistonda ham o’z faoliyatini boshladi.
Shunday qilib yurtdoshlarimiz ham endi “App Store” va “Google Play” orqali “Yandeks.Taksi” ilovasini yuklab olishlari mumkin. Hozircha bunday servisdan faqat Toshkent shahrida foydalanish mumkin.
Ayni paytda mazkur tizimga 10 ta sherik taksoparklarning 200dan ortiq avtomobillari biriktirilgan. Yaqin kunlarda ularning soni oshishi kutilayapti.
Bugungi kunda “Yandeks.Taksi” mijozlarga “Ekonom” tarifini taklif etayapti. Unga ko’ra, har uch kilometr uchun yo’lkira haqi 2 ming so’mdan, so’ngra har qo’shilgan kilometr uchun 1 ming so’mdan olinadi. Shunday qilib shahar tashqarisiga borish uchun yo’lkira haqi har kilometr uchun 1,5 ming so’mdan tushadi.
Foydalanuvchilar hozircha servis xizmatiga o’z plastik kartalarini ulash imkoniyatiga ega emas, lekin ular bonuslar olishlari mumkin. Yangi tizim vakillarining aytishicha, yaqin kunlar ichida plastik kartalar va to’lov tizimlari orqali ham yo’lkira to’lash imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring