Yakkasaroyda psixotrop moddalar savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro G.D. fuqaro A.T.ga tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 2 turdagi dori vositasini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, tekshiruv davomida uning boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasi salonidan sotish maqsadida olib kelingan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 ming 71 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring