Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi muhim konvensiya muhokama qilindi

Фото: Давронбек Эрназаров, Юнус Бўриев / «Халқ сўзи»
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga qoʻshilishi natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar tatbiq etiladi. Shuningdek, yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda Oʻzbekiston xalqiga tovon toʻlanishi taʼminlanadi.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir boʻlgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani taʼminlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat.
Qayd etilganidek, Vena konvensiyasiga qoʻshilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini taʼminlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi.
Shu bilan birga, milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekistonning Vena konvensiyasiga qoʻshilishi yadro energetikasi va xavfsizligi sohasida xalqaro huquqiy maydonga kirishini taʼminlashga, yadroviy xavfsizlikni kafolatlashga, yadroviy zarardan jabrlanuvchilarning huquqlarini munosib himoya qilishga, davlatning yadro energetikasi sohasidagi masʼuliyatini aniq belgilashga hamda yadro energetikasi sohasida sugʻurta tizimi va kompensatsiya mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonning Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalari yanada kengayadi va uning dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ishlari faollashadi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring