Yadro irgʻitish boʻyicha 32 yillik jahon rekordi yangilandi

18:20 25 Yanvar 2021 Dunyo
3985 0

AQSHlik yengil atletikachi Rayan Krauzer yopiq inshootlarda yadro uloqtirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi, deb xabar bermoqda “World Athletics”.

28 yoshli sportchi ichki musobaqalarda yadroni 22,82 m. masofaga uloqtirib, jahon rekordini oʻrnatdi. Shunday qilib, Krauzer vatandoshi Rendi Barnsning 1989-yilda oʻrnatgan rekordini yangiladi. Krauzer yadroni Barnsdan 16 sm uzoqqa uloqtirdi.

Maʼlumot oʻrniga, Rayan Krauzer Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Olimpiada chempioni, 2019-yilda Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?