Buxoro va Samarqand viloyatlarida quvvati 1000 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari quriladi

19:10 24 May 2018 Iqtisodiyot
3131 0
Foto: Review.uz

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 26 maydagi “2017 — 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 42 ta yangi gidroelektr stansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektr stansiyani modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Shularning hisobiga 2025 yilga qadar O‘zbekistonga ekologik toza energiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobar oshirish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bo‘lim boshlig‘i Akmal Abbosovning "Xalq so‘zi" muxbiriga aytishicha, joriy yilda Kanadaning “Sky Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1000 megavattga teng bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarni qurish, shuningdek, Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi bilan birgalikda quvvati 100 megavattni tashkil etadigan shamol elektr stansiyasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi ham muqobil energiya vositalarining innovatsion uskunalari bilan O‘zbekistonga kirib kelishini reja qilgan. Kompaniya elektr energiyasini 40-50 foizgacha tejaydigan maxsus innovatsion uskunalarimizni taklif qilmoqda.

"Yurtingizda energiya samaradorligini ta’minlash, muqobil energiyani rivojlantirish bo‘yicha katta qadamlar tashlangan. Bugungi tadbirda elektr energiyasini 40-50 foizgacha tejaydigan maxsus innovatsion uskunalarimizni O‘zbekistonning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llashni taklif etyapmiz. Albatta, bu hamkorligimizning dastlabki bosqichi bo‘ladi. Kelgusida ana shunday yangi loyihalarni joriy etish niyatidamiz", — deydi kompaniya loyiha koordinatori Shabnam Mammadova.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер