Vodiydagi metan “zapravka”lar ertadan uzluksiz ishlaydi

11:31 18 Mart 2026 Jamiyat
148 0

Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi metan “zapravka”lar ertaga, 19-martdan boshlab uzluksiz ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vodiydagi metan “zapravka”lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda va ertadan uzluksiz ishlay boshlaydi. Respublikaning boshqa hududlaridagi shoxobchalar hozirda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda havo harorati pasaygani sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер