Vladimir Putin Shimoliy Koreya va Vyetnamga tashrif buyuradi

20:18 10 Iyun 2024 Dunyo
451 0

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Shimoliy Koreya va Vyetnamga tashrif buyuradi.

Putin oʻzaro hisob-kitoblar muammosini hal etish va turistlar oqimini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qilishi aytilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, prezidentning Vyetnamga tashrifi KXDRga safaridan soʻng amalga oshirilishi mumkin. Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora “Vedomosti”ga Rossiya rahbarining Pxenyanga tashrifini tasdiqlab, faol tayyorgarlik ketayotganini maʼlum qilgan.

Putin Shimoliy Koreyaga birinchi marta 2000-yilning 19-20-iyul kunlari tashrif buyurgan. Oʻshanda KXDR rahbari Kim Chen Ir bilan uchrashgan edi. Shimoliy Koreyaning amaldagi rahbari Kim Chen In oxirgi marta 2023-yilning 12-17-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga tashrif buyurgani maʼlum.

26-mart kuni “Vyetnamnet” internet gazetasi xabariga koʻra, Markaziy qoʻmita bosh kotibi Nguyen Phu Trong Putin bilan telefon orqali suhbatda uni Vyetnamga rasmiy tashrif bilan taklif qilgan. Putin prezidentlik davrida ushbu davlatga toʻrt marta tashrif buyurgan. Uning Vyetnamga soʻnggi rasmiy tashrifi 2013-yilning noyabrida boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?