Vatanga muhabbat izhori
Hazorispand boʻlsam sahrolaringda,
Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,
Hayit oyi boʻlsam samolaringda,
Mehr-u vafo — koʻrar dunyolaringda,
Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!
Ostonangda yotgan iting boʻloyin,
Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,
Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,
Baland togʻlarda burguting boʻloyin,
Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!
Soʻzim bor — savashda qilich boʻloli,
Shaxdim bor — quvvati birinch boʻloli,
Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,
Ipak jonim metindan sinch boʻloli,
Seni ofat koʻzdan asramoq uchun!
Faqat sen koʻzimga boqib tur, Vatan,
Onamday yelkamga qoqib tur, Vatan,
Qalbimda daryoday oqib tur, Vatan,
Boshimda Humoday balqib tur, Vatan,
Meni gumon soʻzdan asramoq uchun!
Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!
Umr bu…
Umr bu — Allohdan bizga omonat,
Allohning farzi bor aziz jonlarda,
Omonatga qilma hargiz xiyonat.
Umr — yombi oltin, bugʻdoy doniday
Maydalama uni tegirmonlarda,
Allohning farzi bor aziz jonlarda.
Omonatga hargiz qilma xiyonat,
Uni pullab yurma mayxonalarda,
Umr — bu Allohdan qarzi qiyomat.
Umr — bu toledan baraka, xirmon,
Yellarga sovurma, tufroqqa sochma,
Allohning mulki bul har don, har somon.
Gʻurbat-gʻiybatlarga talosh aylama,
Yoʻlingda uchragan nokas-u nodon
Kimsalarni unga farrosh aylama.
Senga bir hadiyat bul feruza tosh,
Oʻzing zargarisan, zahhobi — oʻzing,
Qalloblarni-da sangtarosh aylama…
Umr — bu Allohdan bizga omonat…
Oydin HOJIYEVA,
Oʻzbekiston xalq shoiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring