Vatanga xizmat qilish – sharafli burch
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat boʻylab katta bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bugun erta tongda Fargʻona shahrida joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazilib, tadbirda Fargʻona viloyati hokimligi, Milliy gvardiya, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muazzam haykal poyiga anvoyi gulchambarlar qoʻyilib, tinch-osoyishta hayot, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan hamyurtlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Bayram qatnashchilari bir-birini qutlugʻ shodiyona bilan muborakbod etishdi.
Shundan soʻng harbiy boʻlinmalar shaxdam qadam tashlab, maydon boʻylab safdan oʻtdi.
— Bu bayramda har yili nabiralarim bilan ishtirok etib, “Vatanparvarlar bogʻi” ni sayr qilamiz, — deydi Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Madaminjon Sheraliyev. — Yangi avlod qalbida vatanparvarlik, yurtga mehr va sadoqat tuygʻularini tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos.
Vatan himoyachilari kuni bayrami viloyatning barcha shahar-tumanlari boʻylab davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring