Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.J. jami 3 950 AQSH dollarini fuqaro B.K.ga 49,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan jami 3 500 AQSH dollarini 43,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qamashi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.M., B.D. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro I.M.ga 37,5 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring