“Uzcard” toʻlov tizimi ishlamay qoldi
Ayni vaqtda “Uzcard” toʻlov tizimidagi kartalarda amaliyot bajarib boʻlmayapti. Bundan tashqari, “Uzcard”ning rasmiy veb-sayti ham ishlamay qolgan.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJning maʼlum qilishicha, ushbu toʻlov tizimida rejadan tashqari profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli quyidagi xizmatlarda vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin:
• bankomatlar (ATM);
• E-POS va POS terminallari;
• xalqaro bank kartalari;
• chet elda qoʻllaniladigan kobeydj kartalari.
Shuningdek, “Uzcard” rasmiy sayti faoliyatida ham vaqtincha uzilishlar qayd etilmoqda.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va mutaxassislarimiz ushbu nosozliklarni bartaraf etish hamda tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring