Ustozlarga ehtirom koʻrsatildi
Andijon shahrida Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda jamiyat taraqqiyoti, yosh avlodning bilimli va vatanparvar boʻlib ulgʻayishida maʼrifat ahlining oʻrni beqiyos ekani taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari pedagoglarga koʻrsatilayotgan eʼtibor mamlakat kelajagi uchun muhim maʼnaviy quvvat manbai ekanini qayd etdi. Shuningdek, taʼlim sohasida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar, yangi tashabbus va islohotlar natijalari haqida ham fikr bildirildi.

— Prezidentimizning farmoniga muvofiq, bu yil viloyatimizdan besh nafar oʻqituvchi yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻldi, — deydi Jalaquduq tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi Ozodaxon Umarova. — Ular qatorida men ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Bizga bildirilgan ishonch, koʻrsatilgan eʼtibor va ehtiromda taʼlim sohasida yaratilayotgan sharoitlarning ahamiyati juda katta.
Aytish joiz, 2024-2025 oʻquv yilida viloyatdagi maktablarni 26 ming 508 nafar bitiruvchi tamomladi. Ulardan 20 ming 305 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Bu esa umumiy hisobda 76,6 foizni tashkil etadi. Oʻtgan yili mazkur koʻrsatkich 31,4 foizga teng boʻlganligini inobatga olsak, bu katta yutuqdir. Yaʼni bir yil ichida natijalar qariyb ikki barobarga oʻsdi. Ushbu yutuqlar taʼlim tizimidagi islohotlarning samarasi va ziyolilar xizmatining amaldagi ifodasidir.
Bayram tadbiri davomida oʻz kasbining fidoyilari munosib ragʻbatlantirildi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring