Uran qidiruv ishlarida yangi bosqich
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonuniga soʻnggi yillarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar geologiya-qidiruv ishlari, ekologik xavfsizlik va uran qazib olish jarayonlariga zamon ruhini berdi. Xususan, mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar asosida yer qaʼridan foydalanish tartibi takomillashtirilib, uran qidiruv ishlari uchun ekologik monitoring majburiy holga keltirildi. Shuningdek, litsenziyalash jarayonida uran va boshqa strategik minerallarni izlash uchun qoʻshimcha ekspertizalar talabi joriy etildi. Ekologik xavfsizlik choralari kuchaytirilib, radiatsion monitoring va chiqindilarni boshqarish qatʼiy belgilandi. Davlat nazorati oshirilib, uran konlari va geologik izlanishlar boʻyicha muvofiqlashtirish tizimi kuchaytirildi. Resurslardan oqilona foydalanish yoʻlga qoʻyilib, uran qazib olish va geologik tadqiqotlarni xalqaro standartlarga muvofiq olib borish tartibi ishlab chiqildi.
Mamlakatdagi eng yirik davlat korxonalaridan biri – “Navoiy uran” DK tarkibidagi “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan olib borilayotgan izlanishlar yangi qonunchilik talablariga moslashib, unga koʻra “Navoiy uran” DK geologiya-qidiruv va uran qazib olish jarayonlarini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish hamda konchilik faoliyatini samarali tashkil etish va ekologik xavfsizlik talablariga toʻliq javob berish boʻyicha bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, uran resurslarini kengaytirish maqsadida 2025-yilda uran zaxiralarini va resurslarini oshirish, buning uchun istiqbolli hududlar va maʼdanli maydonlarda burgʻilash ishlarini jadallashtirish, burgʻilash va qazib olish jarayonlarida ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qoʻllash, atrof-muhit muhofazasini taʼminlash, yaʼni ekologik xavfsizlik boʻyicha xalqaro talablarga mos keluvchi monitoring tizimini takomillashtirish, yetakchi uran qazib oluvchi davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish asosiy vazifalar hisoblanadi.
Shu asosda “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan geologiya-qidiruv ishlari natijasida strategik ahamiyatga ega boʻlgan yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash orqali yangi uran zaxiralari va bashorat resurslarini oʻstirish, yangi texnologiyalarni qoʻllash natijasida burgʻilash samaradorligini oshirish hamda tannarx xarajatlarini kamaytirish, uran va noyob metallar minerallashuvini aniq baholash uchun ilgʻor laboratoriya tadqiqotlari va tahlil ishlarini olib borish, uran qazib olish jarayonining har bir bosqichi ekologik va iqtisodiy jihatdan xalqaro talablar asosida hamda xalqaro standartlarga mos baholash tizimi joriy qilinadi.

Yangi qonunchilik va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi samarasida “Navoiy uran” DKga xalqaro maydonda yuqori reytinglarni qoʻlga kiritish imkoniyati yaratiladi. Xususan, jahon uran bozorida ishonchli yetkazib beruvchi sifatida eʼtirof etilish, xalqaro konchilik va ekologik standartlarga mos keluvchi ishlab chiqarish jarayonini shakllantirish, uran qazib olish samaradorligini oshirish va energiya xavfsizligi borasida yetakchi davlatlar qatoriga kirish boʻyicha natijalarga erishiladi.
Yangi qonunchilik talablariga muvofiq, “Navoiy uran” DK tomonidan olib borilayotgan geologik tadqiqotlar bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. Ushbu yangilangan tizim uran qazib olish samaradorligini oshirish bilan birga, ekologik xavfsizlik talablariga ham toʻliq mos kelishini taʼminlaydi. Natijada, “Navoiyuran” DK xalqaro uran qazib oluvchi yirik korxonalar qatoriga kirishi va global reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallashi kutilmoqda.
Zafar RAHIMOV,
“Navoiyuran” DK tarkibidagi “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi direktori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring