Universitetda «Milliy liboslar kuni»
Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarida haftaning har juma kuni «Milliy liboslar kuni» deb belgilangan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ushbu kun munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi. Kun davomida “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi xodimlari tomonidan o‘zligimizni, milliyligimizni targ‘ib etuvchi liboslar, taqinchoqlar, xattotlik san’ati namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, universitet iqtidorli talaba-yoshlarining qo‘l mehnatida qilingan ijodiy ishlari namoyishi tashkil qilindi.
Tadbir davomida mehmonlarga talaba-qizlar tomonidan o‘zbek milliy urf-odatlari, milliy liboslar namoyishi ham uyushtirildi.
Odinabonu BEGMAHMATOVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring