Ulugʻ ayyom tarovati
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugun Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi 284 ta masjidda moʻmin-musulmonlar Qurbon hayiti namozini ado etdi. Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida ham jamoat erta tongdan Qurbon hayiti namozini ado etish uchun jam boʻldi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, barcha samarqandliklarni Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi. Bu ulugʻ ayyom insonlarni yaxshilik va saxovatga chorlovchi, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi bayram ekanini taʼkidladi.

Hayit namozlarida ushbu muborak kunlar yurtimizga tinchlik, farovonlik va har bir oilaga fayzu baraka olib kelishi, xalqimiz birligi uchun ezgu duolar qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring