Ukraina Ottava shartnomasidan chiqmoqda
Foto: AP
Ukraina piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyadan chiqish niyatida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Ottava shartnomasidan chiqish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Ushbu shartnoma piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitim hisoblanadi.
Ottava konvensiyasi 1999-yildan beri BMT shafeligida ishlaydi. U ishtirokchi mamlakatlarga piyodalarga qarshi minalar zaxiralarini saqlashni, ulardan foydalanishni va boshqa mamlakatlarga oʻtkazishni taqiqlaydi. Ukraina shartnomaga 2005-yilda qoʻshilgan, hozir ushbu shartnomaga 160 ga yaqin davlat aʼzo.
Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli hujumidan soʻng, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Finlyandiya ham Konvensiyadan chiqish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani maʼlum.
Zelenskiy Ukraina prezidenti devoni saytida shu tarzda milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashining qarorini bajarishini tushuntirdi. Shuningdek, u ushbu qarorni Rossiya tomonidan piyodalarga qarshi minalardan foydalanish bilan asosladi. Rossiya Federatsiyasi Ottava konvensiyasiga aʼzo davlat boʻlmasdan, piyodalarga qarshi minalardan urush olib borish usuli sifatida keng foydalanadi.
“Shunday qilib, Rossiya “oʻta beadab” harakat qilmoqda. Bu rus qotillarining “savdo belgisi” hisoblanadi», — dedi Zelenskiy oʻzining videomurojaatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring