UFC rahbari Konor MakGregorning qaytishi tafsilotlarini oshkor qildi

01:29 11 Noyabr 2021 Sport
1488 0

Foto: Reuters

UFC rahbari Dana Uayt irlandiyalik sportchi Konor MakGregorning qachon qaytishi tafsilotlarini oshkor qildi. 

Uaytning taʼkidlashicha, u hali ham MakGregorni dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri deb biladi. “Albatta, unga kim raqib boʻlishi muhim. Ammo MakGregor qaytganida albatta UFC turnirini boshqaradi”, dedi tashkilot rahbari.

8-noyabr kuni UFC jangchisi AQSHlik Maykl Chandler ikki vazn toifasida sobiq chempioni, irlandiyalik Konor MakGregorni jangga chorlagan edi.

AQSHlik sportchi «Tvitter»dagi blogida oʻzi va Makgregor oʻrtasidagi jang aks etgan suratni joylashtirgan.

«Men, albatta, qaysidir bosqichda roziman. Ajoyib jang kechasi, Maykl tabriklayman!», deya javob bergan bunga Konor.

Keyin esa yana bir AQSHlik sportchi Maks Xollouey Konor bilan bilan jang qilish niyati borligini maʼlum qildi.

MakGregor soʻnggi jangini UFC 264 turniri doirasida AQSHlik Dastin Porega qarshi oʻtkazgan edi. Irlandiyalik jiddiy jarohat olgani bois bahs birinchi raunddayoq yakuniga yetgandi. 

Sentyabr oyida Uayt Makgregor 2021-yil oxirigacha qaytishini kutayotganini aytgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?