“Uddaburon” fermer
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Navoiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan tungi reyd tadbirlaridan birida Nurota tumani Mustaqillik mahallasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Tekshiruv jarayonida B.I. boshchiligidagi fermer xoʻjaligi yer maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv nasosini ishlatishda jiddiy qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.
Fermer xoʻjaligi tomonidan elektr energiyasi hisoblagichining ulanish sxemasi oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilgan. Yaʼni hisoblagichga oʻrnatilgan A, B, C fazalaridagi zanjir simlari uzilib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu noqonuniy harakatlar oqibatida elektr taʼminoti korxonasiga 206,2 million soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan rasmiy dalolatnoma tuzilib, tegishli tashkilotlarga qonuniy baho berish uchun taqdim etildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring