Uchta viloyatga yangi imom-xatiblar tayinlandi

13:21 01 Mart 2025 Jamiyat
237 0

28-fevral kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maʼlum qilishicha, Rasuljon domla Abdullayev Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan. Rasuljon domla Abdullayev bunga qadar Termiz shahri bosh imomi va “Manguzar” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Ahmadxon qori Alimov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “Oltintepa” masjidida imom-xatib vazifasini bajarib kelgan.

Bundan tashqari, Doniyor domla Ikromov Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Doniyor domla Ikromov bunga qadar Toshkent tumani bosh imomi va mazkur tumandagi “Hasanboy ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер