U-23 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston gʻalaba bilan boshladi
Bugun, 7-yanvar kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtayotgan U-23 Osiyo kubogi–2026 musobaqasining guruh bosqichi, 1-turi doirasida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ilk uchrashuvini oʻtkazdi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida Livan jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 23-daqiqada Amirbek Saidov tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlim boshida, 50-daqiqada Ravshan Xayrullayev hisobni mustahkamladi. 57-daqiqada esa Sardorbek Bahromov Oʻzbekistonning uchinchi golni kiritib, hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi.
Livan jamoasi safida Leonardo Shahin 65-daqiqada va uchrashuvga qoʻshib berilgan 90+5-daqiqada gol urib, hisobni qisqartirdi, biroq bu raqibga ochko olib kelmadi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi “C” guruhida 3 ochko bilan birinchi oʻringa koʻtarildi.
“Oq boʻrilar” navbatdagi oʻyinini 10-yanvar kuni Eron termasiga qarshi bugungi stadionda oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring