Turkmaniston Prezidenti ham Samarqandda
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan soʻng, Turkmaniston Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.
Avvalroq Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham Samarqandga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring