Turkiyaning qator OAVda oʻzbekistonlik 17 yoshli yigitning vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi
Turkiyaning bir qator OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarida 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi S.S.ning yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, fuqaro S.S. 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u 15-aprel kuni hayotdan koʻz yumgan. Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim boʻlgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ushbu shaxsga nisbatan sud majlisi 2025-yil 2 oktabr kuniga belgilangan.
“Mazkur holat boʻyicha marhumning oila aʼzolari Bosh konsulxonaga murojaat qilmagan. Hozirda Bosh konsulxona tomonidan jabrlanuvchining oila aʼzolariga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda”, — deyiladi xabarda
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring