Turkiyada Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi
Foto: Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Turkiyaning Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, haykalning ochilish marosimi “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Mustaqilligining 33-yilligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.
Tadbirda nutq soʻzlagan elchi Alisher Aʼzamxoʻjayev Alisher Navoiy haykalining oʻrnatilishida hissa qoʻshganlar, jumladan, Kechioʻren tumani hokimligi hamda Bashkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Goʻzalga alohida minnatdorlik bildirgan.
“Anqarada buyuk ajdodimizning ulugʻvor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman”, dedi elchi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida Alisher Navoiy haykallari oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring