Turkiyada 25 mingga yaqin odam politsiya yoqqan 20 tonna giyohvand moddadan mast boʻlib qoldi
Illyustrativ foto
Turkiyaning 25 ming aholisi boʻlgan shaharchasi 20 tonnalik giyohvand modda yoqilishi oqibatida beixtiyor mast boʻlib qoldi. Holat toʻgʻrisida xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVlarda tarqalgan.
18-aprel kuni Turkiyaning Diyarbakir viloyati “Lice” shaharchasida politsiya tomonidan musodara qilingan 20 tonna nashani yoʻq qilish operatsiyasi oʻtkazilgan. Ammo giyohvand modda yoqilishi oqibatida yuzga kelgan tutun 25 mingga yaqin aholisi boʻlgan shaharcha ustiga yopirilgan va bir necha kun davomida saqlanib turgan.
Hodisa oqibatida aholi orasida turli sogʻliq muammolari kelib chiqqan. Tutun odamlarda kuchli bosh aylanishi, koʻngil aynishi, gallyutsinatsiyalar va mastlikni keltirib chiqargan.
“Tamaki tutuni yopiq joylarda passiv chekuvchilarga zarar yetkazganidek, bu giyohvand moddalarni yoqish tutuni ham jiddiy noqulaylik keltirib chiqaradi”, degan “Green Star” uyushmasi prezidenti Yahyo Oger.
Keng tarqalgan taʼsirga qaramay, rasmiy shikoyatlar berilmagan. Ammo aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqida ommaviy axborot vositalari va mahalliy tashkilotlar xabar berishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring