Turistik klaster tashkil etish uchun qanday talablar qoʻyiladi?

Hukumat qarori bilan “Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, turistik klaster maqomi kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhiga beriladi.
Turistik klasterlar belgilangan tartibda turistik klaster maqomi toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Turizm qoʻmitasi turistik klaster maqomini berish boʻyicha vakolatli organdir. Bunda ariza beruvchi elektron shaklda yoki pochta orqali belgilangan shakldagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qiladi.
Turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish uchun tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablarga javob berishi lozim, jumladan:
turistik klaster faoliyati turoperator – mehmonxona – transport xizmatlarini koʻrsatish bilan toʻliq qamrab olinganligi;
turistik klaster hududida sigʻimi kamida 40 nafar mehmon uchun moʻljallangan joylashtirish vositasining mavjudligi;
turistik klaster hududida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini (esdalik sovgʻalari) sotish shoxobchalari (kamida bitta savdo nuqtasi) mavjudligi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring