Tuman MMTB, FVB, Ekologiya boʻlimi boshliqlari va bojxona inspektori pora bilan ushlandi
Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda korrupsiyaviy holatga yoʻl qoʻygan bir guruh mansabdorlar qoʻlga olindi.
DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi umumiy oʻrta taʼlim maktabida tarix fanidan saboq beruvchi oʻqituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga oʻz xizmat xonasida 3 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Yangiyoʻl” TIF bojxona posti inspektori xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan holda, Qozogʻistondan bugʻdoy olib kelib, qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan qoʻshni davlatdan temiryoʻl orqali olib kirilayotgan bugʻdoy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona koʻrigi hamda rasmiylashtiruvidan muammosiz oʻtkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Samarqand viloyati Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda, 1988-yilda tugʻilgan fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi ochishi uchun uning turar joyi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga tamagirlik yoʻli bilan 200 dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga tumanda karyer faoliyatini amalga oshirishi uchun ekologik xulosa berish, Qarnab qishlogʻidagi “Nakvoysoy” hududidan tosh-shagʻal qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida MCHJ faoliyatiga rahnamolik qilish uchun 2 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga tushgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring