“Tropikamid”. Nega unga talab oshmoqda?

Shahrimiz koʻchalarida, dorixona atroflarida “Tropikamid 10 mg/ml” nomli koʻz tomchi dorisining boʻsh idishlariga koʻzingiz tushgan boʻlishi kerak. Xoʻsh, nega keyingi vaqtlarda ushbu dori vositasiga boʻlgan talab oshmoqda? Ushbu dori vositasidan haqiqatan ham, koʻz kasalliklari uchun foydalanilyaptimi?
Afsuski, yoʻq. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi tropikamid moddasi boʻlgan ushbu dori vositasidan koʻngilxushlik maqsadida foydalanilmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida bu illatning koʻpaygani achinarli holat.
Mutaxassislar fikriga koʻra, “Tropikamid”ni surunkali isteʼmol qilish sanoqli haftalar ichida doridan qutulish qiyin boʻlgan ruhiy qaramlikni keltirib chiqaradi. Xotira juda tez sustlashadi. Kayfiyat juda tushkun boʻlib qoladi, bemorlar ilojsizlik hissidan aziyat cheka boshlaydi.
Maʼlumki, 2019-yil 27-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida” 818-son qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror bilan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlandi. Ushbu roʻyxatda Tropikamid nomli dori vositasi ham kiritilgan boʻlib, chakana realizatsiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Shunday boʻlsa-da, ushbu dori vositasiga bugun “qora bozor”da talab kundan-kun oshib bormoqda.
Birgina Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan respublika hududiga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qonunga xilof muomalasiga chek qoʻyish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar davomida oʻtgan davr mobaynida 14318 dona “Tropikamid”ning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov organiga yuborildi.
Shunday ekan, bugun ushbu illatga qarshi kurashish har birimizdan masʼuliyat va hushyorlikni talab etadi. Ogoh boʻling, ota-onalar! Oʻz farzandingizga eʼtiborli boʻling!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring