Trampning xotini Putinga maktub yoʻlladi
AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻlladi. Putin xatni 16-avgust kuni Alyaskada oʻtgan uchrashuvda shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp orqali qabul qilib olgan. “Fox News” ushbu xat matnini eʼlon qildi va uni “tinchlik maktubi” deb atadi.
Oq uy OAVning xat haqiqiyligiga oid soʻroviga javob bermagan boʻlsa-da, Melaniya Tramp “Fox News” maqolasiga havola qoʻyib X'da tvit eʼlon qilish orqali maktub mazmunini oʻzi tasdiqlaganday boʻldi.
Melaniya murojaatida aniq detallardan qochgan, hatto “Ukraina” soʻzi ham tilga olinmagan, biroq ramziy iboralardan mohirona foydalangan. Jumladan, maktubda asosiy urgʻu bolalar taqdiriga qaratilgan.
“Har bir bola qalbida sokin orzularni saqlaydi, u yirik shahar markazida yoki oddiy qishloqda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar. Ular muhabbatni, imkoniyatni va xavfdan himoyani orzu qiladi”, deb yozadi AQSh birinchi xonimi.
Shuningdek u Rossiya prezidentidan urushni toʻxtatishni ochiqdan-ochiq talab qilmagan boʻlsada, RF qoʻshinlari 2022-yilda Ukraina hududlariga bostirib kirishi oqibatida jabr koʻrgan bolalarning “jarangdor kulgisini qaytarib berish” majburiyatiga aniq ishora qilgan.
“Ota-onalar sifatida biz avlodlar umidini asrab-avaylashimiz kerak. Rahbarlar sifatida esa masʼuliyat yanada keng — farzandlarimizning ertasi faqat tor doira emas, balki butun insoniyat uchun muhim. Inkor qilib boʻlmaydigan haqiqat shuki, har bir inson tongni osoyishta qarshi olishi va kelajagi toʻliq himoyada boʻlishi uchun, munosib harakat qilishimiz va qadriyatlar ulugʻlanadigan dunyoni barpo etishga intilishimiz lozim”, deyiladi maktubda.
Melaniya Tramp soʻzini shunday yakunlagan: “Janob Putin, ishonamanki, bunga siz ham qoʻshilasiz — har bir avlod hayotni poklik va begʻuborlik bilan boshlaydi. Bu poklik esa geografiya, siyosat va mafkuradan ustun turadi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring