“Traktor” Oʻzbekiston chempioniga mos raqibmi?
Bugun, 24-noyabr kuni “Nasaf” klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 5-turi doirasida Eronning “Traktor” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Keling, ushbu jamoa haqida biroz toʻxtalamiz:
“Traktor” jamoasi 55-yillik tarixga ega boʻlib, klub 1970-yilda tashkil etilgan.
Jamoaga muxlislar tomonidan “Red Wolves” (qizil boʻrilar) degan laqab berilgan.
“Traktor” oʻz uy uchrashuvlarini Tabriz shahrida joylashgan “Yadegar-e Emam” stadionida oʻtkazadi. Ushbu maydon 80 mingdan ziyod muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
Jamoa 2 karra Hazfi kubogi musobaqasi va 1-marta mamlakat Superkubogi gʻolibi hisoblanadi. 2024/2025-yilgi mavsum yakunida esa oʻz tarixida ilk bor Eronning “Galf-Pro” ligasida chempion boʻldi.
“Traktor” hozirgacha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan rasmiy musobaqalarda 52 ta oʻyin oʻtkazgan. Ulardan 15 tasida gʻalaba, 20 tasida magʻlubiyat, 17 tasida esa durang qayd etgan.
Jamoani ayni paytda 57 yoshli xorvat mutaxassisi Dragan Skochich boshqarmoqda. U oʻz faoliyati davomida “Al Nasr”, “Al Arabi”, “Fulad” kabi Osiyoning nomdor klublarida ishlagan. 2020–2022-yillarda Eron milliy terma jamoasiga ustozlik qilgan.
Murabbiy “Traktor” jamoasi bilan oʻtgan mavsum klub tarixida birinchi bor mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Eron Superkubogini ham yutib oldi.
Jamoa tarkibida ayni paytda Danial Ismailfar, Shojaiy Xalilzoda, Alizeza Bayranvand, Amirhusayn Husaynzoda kabi Eron milliy terma jamoasi futbolchilari toʻp surishmoqda.
Ushbu klub Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Ayni paytda “Traktor” safida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov faoliyat olib bormoqda.
Qizigʻi shundaki, Odil Hamrobekov Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi ilk oʻyinini 2015-yilda “Nasaf” tarkibida “Traktor” klubiga qarshi oʻtkazgan edi. Bugun esa u “Traktor” jamoasi libosida sobiq klubi — “Nasaf”ga qarshi maydonga chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turidan oʻrin olgan “Nasaf” – “Traktor” uchrashuvi 24-noyabr kuni soat 18:45 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring