Tozalangan oqova: ham zararsiz, ham sugʻorishga yaroqli
Soʻnggi yillarda Sirdaryo viloyatida oqova suvlarni tozalovchi bir necha zamonaviy inshootlar ish boshladi. Natijada ularda mexanik hamda biologik usulda tozalangan suvdan qayta foydalanish, xususan ekinlarni sugʻorish mumkin boʻlayotir.
Yaʼni, “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasi doirasida uchta suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilindi.
Ulardan biri, “Sirdaryo suv taʼminoti” AJning Yangiyer shahar filialiga qarashli oqova suvlarni tozalash inshooti orqali endilikda Yangiyer shahri va Xovos tumanlaridagi koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi hamda korxonalardan bir kecha-kunduzda oqizilayotgan 6000-7000 metr-kub oqova suv tozalanmoqda. Eʼtiborlisi ushbu inshoot yana shuncha miqdordagi oqovani tozalashi mumkin, yaʼni uning bir kunlik quvvati 12 ming metr-kub.

Inshoot maʼmuriy, xlorlash xonasi, havo haydagich, laboratoriya, kompressor, nasos binolari, ustaxona, aerotenka hovuzlari va boshqa binolariga ega. Laboratoriyada tozalangan oqova suvni doimiy ravishda tahlil olish imkoniyati mavjud.
—Suv resurslaridan samarali va tejab foydalanishda zamonaviy suv tozalash inshootlarining ahamiyati katta, — deydi Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi Abdujalil Abduvohidov. —Bunga viloyatimizdagi uchta suv tozalash stansiyasida rekonstruksiyadan keyingi qayd qilinayotgan ijobiy natijalarni misol keltirish mumkin. Lekin shu oʻrinda aytish lozimki, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ham oqova suvlarni lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlariga yetarlicha eʼtibor berilsa bu boradagi ahvol yanada yaxshilangan boʻlar edi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring