Toshkentning uchta tumanida “svet” vaqtincha oʻchirildi
Poytaxtning Sergeli, Yunusobod va Olmazor tumanlarida 26 hamda 27-sentyabr kunlari elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab boʻladi.
Quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
-
Sergeli tumani: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Koʻhnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha hamda 27-sentyabr 00:00 dan 08:00 gacha.
-
Yunusobod tumani: “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Astrobod”, “Turkiston”, “Tiklanish”, “Islomobod”, “Hasanboy” hamda “Katta Hasanboy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
-
Olmazor tumani: “Oltinsoy” hamda “Qichqiriq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.
“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring