Toshkentdagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytiriladi

11:49 15 Mart 2021 Jamiyat
1384 0

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahridagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Xabarga koʻra, soʻnggi kunlarda mamlakatda koronavirusga chalinggan bemorlar soni ortib borayotgani sababli “Toshshahartransxizmat” AJ jamoat transportlarida bir qator cheklovlar joriy qilmoqda. Qayd etilishicha, haydovchilarning tana haroratlari doimiy nazoratga olinadi, dezinfeksiya ishlari yana-da kuchaytiriladi.

Shuningdek, endilikda niqobsiz yoʻlovchilar jamoat transportlariga chiqarilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?