Toshkentda yangi “Konstitutsiya bogʻi” yaratilmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugun butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuratura va Bektemir tumani hokimligi hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida davlat tashkilotlari xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu loyihani tumanda amalga oshirishdan maqsad, tuman ekomuhitini yaxshilash, daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda hududlar iqlimiga mos manzarali va mevali daraxtlarni mahalliylashtirishdan iborat.
Hashar davomida Bektemir tumani 1-sektor hududda joylashgan “Iyk ota” mahallasida yangi “Konstitutsiya bogʻi” barpo qilinib, manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtkazildi. Bogʻning umumiy maydoni 2 gektar boʻlib, loyiha doirasida 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, yangi barpo etilgan bogʻ tomchilatib sugʻorish tizimi orqali sugʻoriladi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, tumanda shu kunga qadar 50 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari oʻtqazilib, qarovsiz yerlar yashil hududga aylantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring