Toshkentda tikuv-trikotaj va moda sanoatining yutuqlari namoyish etilmoqda
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Toshkentda “Xalqaro toʻqimachilik va moda sanoati koʻrgazmasi — UzTextileExpo Spring 2024” ham boʻlib oʻtmoqda.
“UzTextileExpo” – toʻqimachilik va moda sanoatining noyob ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi boʻlib, unda mahalliy va xorijlik ishlab chiqaruvchilar qatnashmoqda.
Tadbirda butun ishlab chiqarish zanjiri boʻylab – ip-kalavadan tortib, tayyor kiyimgacha boʻlgan jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining toʻqimachilik biznesi va moda sanoatining yutuqlari hamda yangiliklarini namoyish etilyapti.

Loyiha Oʻzbekistonning yetakchi sanoati – sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha respublikada ikkinchi oʻrinda turadigan toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, toʻqimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, ichki kiyim sotish boʻyicha hamkorlar topishga koʻmaklashmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijga eksportni kengaytirishda koʻmaklashish maqsadida koʻrgazma doirasida “Maxsus xaridor” dasturi amalga oshirilmoqda. Yillar davomida unda 35 mamlakatdan 1200 dan ortiq yirik ulgurji xaridorlar, chakana savdo tarmoqlari va toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.

Koʻrgazma doirasida seminarlar, forumlar, B2B uchrashuvlari, moda namoyishlari va sanoat kolleksiyalari, yetakchi dizaynerlar va soha mutaxassislarining mahorat darslari, korxonalarga biznes va press-turlar oʻtkaziladi.
Sakkizinchi bor oʻtkazilayotgan ushbu tadbir 30-may kunigacha davom etadi. Unda tikuv-trikotaj va moda sanoatining bahor-yoz trendlari ham namoyish etilmoqda.










Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring