Toshkentda patrul-post mashinasi YTHga uchradi
Internet ijtimoiy tarmogʻida tarqalayotgan – Toshkent shahar IIBBga tegishli xizmat avtomobili ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi aks etgan videotasvir boʻyicha IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.
2021-yil 11-iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 1986-yilda tugʻilgan Asan Utarov xizmatdoshi safdor Jaxongir Zokirov bilan “Nexia-2” rusumli (davlat raqami 01 546 VSF) patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan edi.
Bunyodkor shox koʻchasida “Erkin” YPX postidan poytaxt avtovokzali tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” savdo kompleksi yonida, oldinda harakatlanib ketayotgan va toʻsatdan toʻxtagan 1990-yilda tugʻilgan Elbek X. Boshqaruvidagi “Nexia-1” rusumli (davlat raqami 70 V 256 FA) avtomobil bilan toʻqnashib ketdi.
YTH sababi – piyoda oʻrnatilgan qoidalarga rioya etmasdan avtomobilning oldidan chiqib qolgan va avtomobil tezkorlik bilan toʻxtashga majbur boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida hech kim jarohatlanmaganligi, transport vositalari jiddiy shikastlanmaganligi va taraflar oʻzaro kelishib olganligi sababli, yoʻl-transport hodisasi haqida YPX inspektoriga xabar berilib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng, oʻz yoʻnalishida harakatni davom ettirishgan.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring