Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti boʻlib oʻtmoqda

15:56 08 Sentyabr 2022 Siyosat
757 0

Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti oʻz ishini boshladi.

Toshkent sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga aʼzo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.

Parlamentlararo Ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida tashkil etilgan anjuman mavzusi – “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash”.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu nufuzli anjuman ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻqib eshittirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?