Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan zamonaviy korxona ish boshladi
Yuqori texnologiyali mazkur korxona - “Metal Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyati “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi hamda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Shveysariyaning “Rieter AG “ kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri Said Rahmonov xabar berdi.
Uning loyihaviy quvvati yiliga 760 tonna metallni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Buning uchun zavod sexlari Yevropa davlatlaridan keltirilgan ilg‘or texnologik liniyalar bilan jihozlangan. Ular yordamida qalinligi 1 millimetrdan 12 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat listlar qayta ishlanib, to‘qimachilik mashinasozligi uchun import o‘rnini bosuvchi detallar tayyorlanadi. Xususan, joriy yil yakuniga qadar zavod jamoasi “Riter-O‘zbekiston“ korxonasiga 755 ta har xil detal yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.
Zavodning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, ushbu zavod O‘zbekiston metall sanoatida yangi davrni boshlab berdi. Sababi, u Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, dastlab to‘qimachilik mashinasozligi uchun zarur detallar ishlab chiqarilsa, kelgusida og‘ir sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yetkazib beriladi. Ichki bozor ehtiyoji ta’minlangach, eksport qilish ham ko‘zda tutilgan.
Loyiha ijrosi uchun qariyb 4 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring