Toshkentda BYD va mototsikl toʻqnashib ketdi
Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida BYD va mototsikl ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB YHXB hodisa boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 10-mart kuni soat 16:10 larda Shayxontohur tumani Beruniy-Paxta koʻchalari chorrahasida yuz bergan. Unda 42 yoshli M.A. boshqaruvida boʻlgan BYD rusumli avtomashinasi hamda 22 yoshli Z.F. boshqaruvidagi “Kawasaki” rusumli mototsikl oʻzaro toʻqnashgan.
YTH oqibatida mototsikl haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring