Toshkentda avtobus piyodani bosib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yangihayot tumanida avtobus haydovchisi 18 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 19-sentyabr kuni soat 07:00 larda Yangihayot tumani Choshtepa 2-darajali yoʻli koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni 25 yoshli haydovchi “YUTONG” rusumli avtobus avtobusni Yangihayot tumani Choshtepa koʻchasi boʻylab boshqarib kelib, Erkin qoʻrgʻoni oxirgi bekatiga kirayotganida bekat hududidan oʻtayotgan piyoda 2007-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabariga koʻra, haydovchi YTHdan soʻng zudlik bilan avtobus harakatini toʻxtatib, piyodani shahar RShTTYoMga olib borgan va unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.
Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oʻrnatilgan tartibda, Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring