Toshkentda “aqlli bekatlar” oʻrnatila boshlanadi
Yoʻl harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida “aqlli bekatlar”ni oʻrnatish boshlanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, har bir bekat markazlashtirilgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari favqulodda vaziyatlar uchun “SOS” tugmasi oʻrnatiladi, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi, avtobuslar harakat jadvalini koʻrsatuvchi elektron tablolar oʻrnatiladi, tezkor xaridlar uchun vending apparatlari qoʻyiladi.
“Bu yangiliklar jamoat transportidan foydalanishni xavfsizlik, qulaylik va zamonaviylikning yangi bosqichiga olib chiqadi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring