Toshkentda “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” filiali ochiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahridagi “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz”ga tashrif buyurdi. Vazir markaz direktori, t.f.d., RFA akademigi Sergey Kutsev va muassasaning ilmiy xodimlari bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va genomika instituti negizida “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” filialini tashkil etish, ilmiy ishlarni hamkorlikda amalga oshirish, yosh olimlarni stajirovkasini tashkil etish kabi masalasini muhokama qildilar.
Uchrashuv soʻngida oʻzbekistonlik delegatsiyani “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida laboratoriyalar boʻylab ekskursiya oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring