Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi “A.K.” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami 1,6 milliard soʻm mablagʻlar sarflangani haqidagi chek, schyot-faktura, yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagani, shuningdek, MCHJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 million soʻmni naqd koʻrinishda olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring