Toshkent viloyatida intellektual oʻyin gʻoliblariga “Damas” sovgʻa qilindi

20:52 16 May 2021 Jamiyat
1370 0

Ayni kunlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtmoqda.

Festival doirasida “Zakovat bilimdonlari” intellektual oʻyini ham tashkil etilgan va unda Quyi Chirchiq jamoasi gʻolib boʻldi deya xabar bermoqda Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati.

Gʻolib jamoaga “Damas” avtomashinasini viloyat hokimi Davron Hidoyatov topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?