Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi — Prezident qarori

“Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–4851-son, 06.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumtaʼlim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Shunga koʻra, joriy yilda mazkur yoʻnalishda 14 ta tayanch maktab, 2021-2023-yillarda esa respublika boʻyicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.
2020/2021 oʻquv yildan:
— maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani “Bir million dasturchi” loyihasiga oid oʻquv dasturlari bilan integratsiya qilinadi;
— mazkur loyiha doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan maktablarning 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilarini har yili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimi joriy qilinadi.
2021-yil 1-martga qadar ushbu fan oʻqituvchilarini sertifikatlash milliy tizimi joriy qilinadi.
2021-yil 1-sentyabrdan raqamli koʻnikmalarni egallash darajasi boʻyicha tegishli sertifikatga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ushbu fan oʻqituvchilariga BHMning 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi.
2021/2022 oʻquv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring