Toshkent viloyatida saylov kuni 22 saylov uchastkasidagi jarayon onlayn video-translyatsiya qilinadi

12:23 22 Oktyabr 2021 Siyosat
541 0

Foto: Shodiyor Mutaharov / “Xalq soʻzi”

– Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 13 oktabrdagi “Ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini video-translyatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi,– deydi 10-Toshkent viloyati saylov okrugi raisi Mahmud Boltaboyev. – Shunga ko‘ra, ovoz berish kuni 22 ta saylov uchastkasidagi tegishli jarayonlar onlayn video-translyatsiya qilinadi. Ayni paytda shuni ham ta’kidlash joizki, 14 oktabrda boshlangan muddatidan oldin ovoz berishda  22 ming 745 nafar saylovchi ishtirok etdi.  Natijalarga ko‘ra,  Zangiota, Parkent, O‘rta Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlarida bu jarayonda eng ko‘p fuqarolar ishtirok etdi.
Ayni paytda barcha saylov uchastkalarida so‘nggi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu galgi saylov pandemiya sharoitida o‘tayotgani inobatga olinib, zarur choralar ko‘rilgan.
Bugungacha 10-Toshkent viloyati saylov okrugi tarkibidagi qator uchastkalarga AQSH va Niderlandiyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar  tashrif buyurdi. Xalqaro kuzatuvchilar nafaqat saylovga tayyorgarlik jarayoni, balki Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi bilan ham qiziqmoqdalar. 
 

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?