Toshkent viloyatida 42142 nafar norasmiy ishlayotgan fuqaro ish joyiga rasmiylashtirildi

17:44 10 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1135 0

Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

2021-yilning oʻtgan davrida Toshkent viloyatida 42142 nafar norasmiy ishlayotgan fuqarolar ish joyiga rasmiylashtirildi. 

Bu Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining 2021-yil 12-fevraldagi 73-sonli buyrugʻiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan norasmiy xodimlarni va haqiqatda toʻlanayotgan ish haqqi jamgʻarmasini legallashtirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha harakatlar rejasi asosida amalga oshirildi. 

Mazkur harakatlar rejasiga muvofiq 2021-yil yanvar-avgust oyi davomida Toshkent viloyatida 37374 ta norasmiy ishlayotgan shaxslarni aniqlash va yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish belgilanib, joylarda ishchi xodimlarni kam yoki bir nafar koʻrsatgan, ish haqi hisoblamagan yuridik shaxslar bilan oʻtkazilayotgan targʻibot ishlarini amalga oshirish jarayonlarida joriy yilning oʻtgan davrida 12699 ta korxonada 42142 ta norasmiy ishlayotgan fuqaro ish joyiga rasmiylashtirilishiga erishildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 3544 ta, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida 27887 ta, qurilish sohasida 2548 ta, qishloq xoʻjaligida 8164 taga yashirin ish joylari doimiy oʻrinlarga aylantirildi.

Xususan, viloyatning Ohangaron shahrida 1344 ta va Ohangaron tumanida 1865 ta yashirin ish oʻrinlari legallashtirildi.

Yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish natijasida byudjetga qoʻshimcha mablagʻ undirilishi barobarida ishchi-xodimning kelgusidagi kafolatlangan pensiyasini olishi taʼminlanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер