“Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida parvoz vaqti oʻzgardi

14:05 29 Noyabr 2021 Jamiyat
1093 0

Bugun, 29-noyabr kuni “Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladigan HY57 hamda HY58 aviareyslarning borish hamda qaytish vaqti texnik sabablarga koʻra oʻzgartirildi.

Jumladan:

— Toshkentdan uchish vaqti: 18:10 (19:30 ni oʻrniga)

— Urganchga yetib borish vaqti: 19:30

— Urganchdan uchish vaqti: 20:40 (22:00 ni oʻrniga)

— Toshkentga yetib borish vaqti: 22:00.

Mazkur oʻzgarishlar haqida “Uzbekistan Airways” AJ maʼlum qilib, noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?