Toshkent shahar hokimi deputat boʻldi
Ayni damda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov «Toshkent shahrida boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida» maʼlumot berdi.
Berilgan maʼlumotga koʻra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani «Turkiston-53» saylov okrugida boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Boʻronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib oʻtildi.
«Shuningdek, sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar oʻrin olgan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring