Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqiladi
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-71-son, 01.05.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasi 2027-yil yakunigacha bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqiladi.
Respublikani “toʻqimachilik xabi”ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustidagi ishlar manzilli tashkil etiladi.
2026-yil 1-yanvargacha toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring