Tomorqada ishlar avjida
Oʻz vaqtini uyda oʻtkazayotgan yurtdoshlarimiz karantin talablariga zid boʻlmagan holatda tomorqa ishlari bilan band. Bu borada ayniqsa, mahalliy hokimliklar tomonidan koʻrsatilayotgan koʻmak ishlari ayni muddao boʻlmoqda. Jumladan, Jalaquduq tuman hokimligi tomonidan mavjud 38 ming 38 ta xonadonlardagi vaziyat oʻrganib chiqildi. Ulardagi 2 ming 56 gektar maydondagi tomorqaga koʻchatlar ekish va parvarishlash ishlarini tashkillashtirishga yordam berildi.

-Xonadonmizga 8 turdagi poliz ekinlari, 6 turdagi gul koʻchatlari olib kelindi,-deydi “Haqiqat” koʻchasida istiqomat qiluvchi Baxtiyorjon Dadaboyev. –Natijada, tuman markazidagi bozorga borishimizga hojat qolmadi. Karantin davrida bunday imkoniyat yaratilganligidan xursandmiz.
Jalaquduq tumanida shu kungacha aholiga 621 ming tup koʻchat yetkazib berildi. Bu kabi xayrli ishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring